“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasining rasmiy munosabati
Ijtimoiy tarmoqlarda manzili aniqlanmagan, qurilishi tugallanmagan sport inshootiga imoratlarning tom qismini yopish uchun mo‘ljallangan plitaning qulab tushgani va ushbu qurilish mahsuloti Navoiy viloyatida ishlab chiqarilgani noma’lum muallif tomonidan iddao qilingan videolavha tarqalgan edi.
Mazkur holatga aniqlik kiritish maqsadida “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi Navoiy viloyati hokimligi bilan o‘rganishlar olib bordi.
Ma’lum bo‘lishicha, bugungi kunda Navoiy viloyatida beton plitalar ishlab chiqaruvchi tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan qurilish ob’ektlariga yetkazilib berilayotgan ushbu turdagi mahsulot belgilari videolavhada aks etgan mahsulotga mutlaqo to‘g‘ri kelmaydi.
bugungi kunda Navoiy viloyati hududlarida videolavhada bayon etilgan bino qurilishi mavjud emas va sanoat korxonalari tomonidan bu ko‘rinishdagi beton mahsuloti yetkazib berilmagan.
“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi
matbuot xizmati.