– Yo‘q, berilmaydi.
Intizomiy jazoning amal qilish muddati bir yil bo‘lib, shu muddat davomida intizomiy chora olgan xodimga rag‘batlantirish choralari qo‘llanilmaydi. Intizomiy jazo chorasi muassasa rahbarining buyrug‘i bilan shu muddat tugamasdan olib tashlanishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz: yillik, oylik, choraklik va bayramlar munosabati bilan beriladigan va jamoaviy xarakterga ega bo‘lgan mukofot pullari rag‘batlantirish turlariga kirmaydi, shu sababli ham bu to‘lovlar xodimlarga intizomiy jazo amalda bo‘lgan vaqtda ham to‘lanishi mumkin.
Ushbu tartib Mehnat kodeksi hamda “Idoraviy mansubligi, mulkchilik va xo‘jalik yuritish shakllaridan qat’i nazar, korxona, muassasa, tashkilot ichki mehnat tartibi namunaviy qoidalari”da belgilangan.
Ushbu material TDYUUning “Yuridik klinika”si talabalari tomonidan o‘qituvchilar nazorati ostida tayyorlandi.