O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev 2018 yil mart oyida “Forish” tog‘ poligonida bo‘lib, bu yerni namunaviy poligonga aylantirish, yangi konsepsiya ishlab chiqib, mamlakatimizdagi barcha harbiy poligonlarni modernizatsiya qilish bo‘yicha topshiriqlar bergan edi.

Shular asosida ushbu maxsus o‘quv-sinov maydoni zamon talablariga moslashtirildi, shaxsiy tarkibning jangovar tayyorgarligini oshirishga qaratilgan eng ilg‘or sharoitlar yaratildi.

Buning natijasini baza infratuzilmasi yangilanganidan so‘ng, bu yerda 2019 va 2020 yillarda o‘tkazilgan Xalqaro armiya o‘yinlarida O‘zbekiston Mudofaa vazirligi terma jamoasi birinchilikni qo‘ldan boy bermay kelayotganida ham ko‘rish mumkin.

A’lo ABDULLAEV (surat), O‘zA