Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev va Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan ishtirokidagi uch tomonlama uchrashuv bugun – dushanba kuni, Rossiya tomonining tashabbusi bilan Moskvada o‘tkaziladi.

Kreml matbuot xizmati tarqatgan ma’lumotda aytilishicha, davlat rahbarlari uchrashuvda Tog‘li Qorabog‘ bo‘yicha 2020 yilning 10 noyabrda imzolangan uch tomonlama kelishuv amalga joriy qilinishidagi davomiylik masalasini hamda mintaqadagi muammolarning bundan buyongi yechimlarini muhokama qiladi.

“Harbiy harakatlardan jabr ko‘rgan aholiga ko‘mak berish masalalariga va savdo-iqtisodiy aloqalarning erkinlashtirilishiga alohida e’tibor qaratiladi”, deyiladi Kreml matbuot xizmati bayonotida.