Qo‘shma shtatlar hukumati tomonidan Kapitoliydagi tartibsizlik tufayli ichki terrorchilikka oid kamida 25 ta jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Bu haqda demokrat-kongressmen Jeyson Krou ma’lum qildi, deyiladi , “RIA Novosti” xabarida.

Krou Qo‘shma shtatlar armiyasining vaziri Rayan Makkarti bilan tartibsizlik paytidagi harbiylarning harakatlari va xavfsizlik choralarini muhokama qilganini aytgan.

“O‘t ochar qurollar, portlovchi moslamalar va plastik qo‘lkishanlar topilgan. Bu esa, tartibsizliklar osongina bartaraf etilmaganidan darak beradi”, deb yozadi kongressmen Twitterda.

Krou tartibsizliklarda amaldagi harbiy xizmatchilar va zahiradagi zobitlarning ishtirok etagani haqidagi xabarlardan xavotirini bayon qilgan.