O‘zAning “Yil tanlovi – 2020” tadbirida tanlovning “Eng namunali tashkilot” yo‘nalishida Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi uchinchi o‘rinni egalladi.

O‘zAning “Yil tanlovi – 2020” tadbirida tanlovning “Eng namunali tashkilot” yo‘nalishida Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi uchinchi o‘rinni egalladi.

Kadrlar malakasini xalqaro mehnat bozori talablariga moslashtirish maqsadida Milliy malaka tizimi ishlab chiqildi. Ushbu tizim 9000 ga yaqin kasblar bo‘yicha kadrlar tayyorlash imkonini beradi va bu orqali O‘zbekiston Milliy malaka tizimiga o‘tadi.

Milliy malaka tizimi o‘z ichiga quyidagilarni qamrab oladi: milliy kvalifikatsiya ramkasi, tarmoq kvalifikatsiya ramkasi, professional ta’lim standarti, ta’lim standarti, ta’lim dasturlari.

Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchi kasblari klassifikatoriga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha takliflar, tarmoq kvalifikatsiyasi, professional standartlar ishlab chiqildi.

Mehnat bozorida o‘rta bo‘g‘in kadrlarga bo‘lgan real ehtiyojlarga muvofiq qurilish, yengil sanoat, kimyo-sanoat, qishloq xo‘jaligi va boshqa tarmoqlar tomonidan tarmoq kvalifikatsiya ramkasi, kasblar bo‘yicha professional standartlar loyihalarini ishlab chiqish jarayonlari davom etmoqda.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi mutaxassislar bilan birgalikda 20 dan ortiq xorijiy davlatlar tajribasi asosida O‘zbekistonda Milliy kvalifikatsiya ramkasi ishlab chiqildi.

Navbatdagi bosqich Tarmoq kvalifikatsiya ramkasini ishlab chiqishdan iborat.

Muattar Burhonova, O‘zA