Axborot asrida yashayapmiz. Jurnalistlardan biror ma’lumotni yashirib ko‘ring-chi! Shu bois “o‘zini hurmat qilgan” har bir tashkilotda matbuot kotibi lavozimi joriy etilgan.

Hozir OAV vakillari axborot olishda unchalik qiynalishmaydi. Kotibni topib, maqsadini aytish yetarli. Rahbarning qabulini kutib, “sarg‘ayib” o‘tirishga hojat yo‘q.

“Yil tanlovi-2020”da albatta biz ham o‘zimizning eng yaqin hamkorlarimiz- matbuot qotiblarini unutmadik.

Shu daqiqalarda eng faol matbuot kotiblari bilan tanishish imkoniga ega bo‘ldingiz.

“YILNING ENG FAOL MATBUOT KOTIBI” yo‘nalishida

I o‘rin – O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi rahbari Furqat Sanayev;

II o‘rin – Toshkent viloyati hokimining matbuot kotibi – axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi Behzod Qobulovga nasib etdi.

Maktabgacha ta’lim vazirligi axborot xizmati rahbari Mavluda Asqarxo‘jayeva esa III o‘ringa munosib deb topildi.

 

O‘zA