O‘zbekiston Milliy axborot agentligi – O‘zAning “Yil tanlovi – 2020” tadbirida “2020 yilning eng namunali davlat tashkiloti” aniqlandi.

Tanlovning bu yo‘nalishi bo‘yicha birinchi o‘rin – Davlat xizmatlari agentligiga nasib qildi.

Mukofot Davlat xizmatlari agentligi direktori o‘rinbosari No‘’mon Muhammadiyevga topshirildi.

Bundan uch yil avval davlat xizmatlari ko‘rsatish milliy tizimini tubdan isloh etish sari dadil qadam qo‘yildi.

bugungi kunda Davlat xizmatlari markazlari aholi uchun muhim va kerak bo‘lgan davlat xizmatlarini olishi mumkin bo‘lgan joyga aylanishga ulgurdi.

Mamlakatimizning har bir tumanida jami bo‘lib 203 DXM ishlab turibdi. Bu yerda inson kundalik hayotida zarur bo‘lgan 150 turdagi davlat xizmatlarini ortiqcha ovoragarchiliksiz va eng muhimi, yashash joyidan qat’iy nazar eksterritorial tamoyili asosida olishi mumkin.

O‘tgan 3 yil davomida davlat xizmatlari markazlari orqali 25 milliondan ortiq xizmatlar ko‘rsatildi.

Jahon bankining e’lon qilingan “Biznesni yuritish 2020” reytingining Davlat xizmatlari agentligi mas’ul bo‘lgan “Biznesni ro‘yxatdan o‘tkazish” indikatorida O‘zbekiston Respublikasi 190 ta davlatlar ichida 8-o‘rinni egalladi.

Davlat idoralari ichida birinchilardan bo‘lib, agentlik tomonidan “mobil”, ya’ni sayyor davlat xizmatlari yo‘lga qo‘yildi.

 

Muattar Burhonova, O‘zA