O‘tgan yili pandemiya tufayli sayyoramiz bo‘ylab samolyotlar sezilarli darajada kam muddat parvoz qilgan bo‘lishi mumkin.

Shunga qaramay, sayohat qilishni niyat qilganlar uchun dunyoning eng xavfsiz aviakompaniyalari reytingi e’lon qilindi. Bu haqda “AirlineRatings.com” sayti ma’lumot bergan.

Mazkur manba dunyodagi 385 ta aviakompaniya faoliyatini o‘rganadi. Jumladan, aviaqatnov chog‘idagi halokat, jiddiy voqealar tafsiloti, samolyotning yoshiga doir ma’lumot va boshqa turli qiziqarli mavzularni tahlil etadi.

E’tirof etish joiz, veb-sayt 2021 yil uchun aviakompaniya xavfsizligi va parvozning ijobiy tomonlarini o‘rganib chiqish natijasida “Qantas Aussie” aviakompaniyasini eng yuqori pog‘onaga loyiq, deb topdi.

“Airline Ratings” tomonidan “Qantas” uchuvchilariga pandemiyadan so‘ng qayta tayyorlanish bo‘yicha majburiyatlar yuklatildi. Endi kompaniyaning 737 nafar uchuvchisi parvoz oldidan olti kunlik kursga qatnashi kerak bo‘ladi.