Saudiya Arabistoni Fors ko‘rfazidagi ayrim qo‘shni davlatlar bilan uzoq davom etgan mojarolari munosabatlarni iliqlashtirishga qaror qildi.

Jumladan, mamlakatning quruqlikdagi hamda havo va dengiz chegaralari Qatar uchun qayta ochilayotgani ekspertlar tomonidan jiddiy yutuq sifatida baholanyapti. Bundan ko‘zlangan maqskad o‘zaro aloqalarni yaxshilash ekani ayon. Bu haqda Quvayt tashqi ishlar vaziri Ahmad Nosir As-Saboh bayonot bergan.

Rasman, ushbu harakat bugun Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadigan Fors ko‘rfazi hamkorlik kengashi sammiti oldidan amalga oshirilishi alohida e’tiborga molik.

Eslatib o‘tamiz, bundan uch yarim yil oldin bir necha arab davlati Qatarni terrorizmni qo‘llab-quvvatlashda ayblab, ushbu mamlakatga nisbatan cheklovlar e’lon qilgan edi.

Binobarin, BAA, Bahrayn va Misr Qatar bilan diplomatik aloqalarni, shuningdek, savdo va turizm sohalaridagi hamkorlikni saqlab qolgan.

Fors ko‘rfazining kichik va ayni paytda juda boy davlati – Qatar har doim jihodchi jangarilarni qo‘llab-quvvatlayotganligi to‘g‘risidagi ayblovni rad etib keladi. Darvoqe, Qatar ham, o‘z navbatida, arab mamlakatlariga nisbatan barcha da’volaridan voz kechishga tayyor ekanini ta’kidladi.

Behro‘z XUDOYBERDIEV, O‘zA