Pokiston Islom Respublikasi «National Herald Tribune» gazetasining 2020 yil 25 dekabr kungi sonida Pokistonning Panjab universiteti hamda Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarga bag‘ishlangan maqola chop qilindi.

Maqolada Pokiston Global va strategik tadqiqotlar markazi rahbari Xolid Akrom va Panjob universiteti vitse-kansleri, professor Muhammad Salim Majar bilan elchi Oybek Usmonov hamda institut rektori Bayrambay Otemuratov, ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Polatbek Kalxanovlarning onlayn formatda o‘tkazgan muzokaralar haqida so‘z borgan.

Maqolada ta’kidlanishicha, Panjob universiteti bilan Nukus davlat pedagogika instituti o‘rtasida talabalar, doktorantlar va professor-o‘qituvchilarning o‘zaro almashinuv dasturlari yo‘lga qo‘yiladi, 6 oydan 1 yilgacha bepul va barcha xarajatlari qoplanadigan o‘quv safarlari tashkil qilinadi.

Ye.Qanoatov, O‘zA