Iste’dodli dramaturg, “Mehnat shuhrati” ordeni sohibi Sharof Boshbekov 1951 yil 4 yanvarda Samarqandda tug‘ilgan.

Sharof Boshbekov dastlab hikoya janrida o‘z iste’dodini sinab ko‘rgan. U dastlab “G” varianti”, “G‘urur”, “Jumboq” kabi hikoyalarni, shundan so‘ng rang-barang mavzudagi sahna asarlarini yaratdi. Sharof Boshbekovning “Tushov uzgan tulporlar”, “Eshik qoqqan kim?”, “Qasosli dunyo” qisqa metrajli film ssenariylari, “Taqdir eshigi” dramasi, “Temir xotin” pesasi adibga katta shuhrat keltirdi.

Shuningdek, u “Sharif va Ma’ruf”, “Yuzsiz”, “Tilla bola” kabi filmlarning ssenariylarini yozishda ham ishtirok etdi. “Masxaraboz”, “Farhod va Shirin” filmlarining ssenariysini yozish barobarida rejissyor sifatida ham ijod qildi. “Charxpalak” nomli 60 qismli videofilmni ham yaratdi.

* * *

PS: Saytimizda tashkil etilgan “Bugun tug‘ilgan kun” loyihasida turli sohalarda mamlakatimiz ravnaqiga o‘z hissasini qo‘shgan va qo‘shayotgan insonlar, davlat hamda jamoat arboblari, akademiklar, el sevgan ijodkorlar hamda kasbi, tanlagan yo‘lida yuqori natijalarga erishayotgan vatandoshlarimizning tug‘ilgan kunlari esga olinadi.

Mazkur ruknga oid fikr-mulohazalaringiz, taklif yoki qo‘shimchalaringiz bo‘lsa, quyidagi manzillarga murojaat qilishingiz mumkin.

 

Telegram: @UzA_pochta@Ikrom_Avvalboyev  

E-mail: pochta@uza.uzuzauz@yandex.ru

Telefon: (71) 233-42-84, (71) 233-21-37

 

Saytimizni kuzatib boring!