Ukrainada davlat xizmatchilari va mamlakat fuqaroligini olishga da’vogarlar ukrain tilidan majburiy imtihondan o‘tishi tartibi joriy qilinishi mumkin.

“RIA Novosti” xabariga ko‘ra, bu haqda davlat tilini himoya qilish bo‘yicha vakolatli vakil Taras Kremin ma’lumot bergan.

Avvalroq, davlat tilining joriy qilinishi bo‘yicha qonun qabul qilingan. 2019 yilda esa, yangi saylangan prezident Vladimir Zelenskiy davlat tili haqidagi qonun konstitutsiyaga muvofiq sinchkov tahlildan o‘tkazilishi kerakligini, mazkur qonun jamoatchilikning keng muhokamasiga qo‘yilmasdan qabul qilinganini ta’kidlagandi.