O‘zbekiston «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashida partiya faollarining bir guruhiga “Adolat” esdalik nishoni topshirildi.

Bu haqda partiyaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi matbuot xizmati O‘zA muxbiriga ma’lum qildi.

Shu munosabat bilan o‘tkazilgan tadbirda mazkur nishonga sazovor bo‘lganlarning aholi o‘rtasida partiya obro‘sining yuksalishi va uning nufuzini yanada oshirish yo‘lidagi faolligi alohida qayd etildi.

Bundan tashqari, o‘tgan yil davomida amalga oshirilgan ma’naviy-ma’rifiy islohotlarning mazmun-mohiyatini aholi vakillariga targ‘ib qilishda hamda yoshlarning ongu tafakkuri, dunyoqarashi va mafkuraviy immunitetini mustahkamlash borasidagi faolligi uchun O‘zbekiston «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi raisi o‘rinbosari, Xalq deputatlari Chimboy tumani Kengashi deputati Rauaj Otarbayev «Ma’rifat» targ‘ibotchilar jamiyatining tashakkurnomasi bilan taqdirlandi.

Bayram munosabati bilan barcha xodimlarga partiyaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi tomonidan sovg‘alar topshirildi.

Dovud ABIBULLAEV, O‘zA