Qoraqalpog‘iston Respublikasi To‘rtko‘l tumani markazidan 35 kilometr uzoqlikda joylashgan “O‘zbekiston” ovul fuqarolar yig‘ini hududidagi “Bek bog`chasi” nomli nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti 150 o‘ringa mo‘ljallangan.

Zamonaviy arxitektura uslubida bunyod etilgan muassasa 2020 yilda faoliyat boshlagan. Bu yerda kichkintoylarni har tomonlama barkamol etib tarbiyalash uchun zarur sharoit muhayyo.  Rus tili, ingliz tili, musiqa, raqs kabi to‘garaklarda bolajonlar dastlabki bilim va ko‘nikmani oshirmoqda.

Maqsad HABIBULLAEV(surat), O‘zA