Barcha sevib kutadigan Yangi yil bayrami tarovatini tarqatish, aholiga yuqori kayfiyat ulashish maqsadida Nukus garnizoni harbiy xizmatchilari I.Savitskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston davlat san’at muzeyi hududida o‘rnatilgan bosh archa oldida konsert dasturini namoyish etdi.

Shodu hurram kayfiyatda sayr qilib yurgan yurtdoshlarimiz Yangi yil bayramining bosh qahramoni – Qorbobo kiyimida maydonga chiqqan Nukus garnizoni harbiy orkestri tomonidan ijro etilgan kuy va qo‘shiqlardan bahra olgan bo‘lsa, muddatli harbiy xizmatchilarning jangovar eyelementlardan iborat bo‘lgan ko‘l jangi bo‘yicha ko‘rgazmali chiqishlarini zavq bilan tomosha qilishdi.

Quvonchi ichiga sig‘magan ishtirokchilar jarayonlarni qo‘l telefoni orqali tasvirga olishga oshiqdi.

Harbiy xizmatchilar tomonidan bayram tomoshalari shahar bo‘ylab  davom etadi.

Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug matbuot xizmati