– Bundan 4 yil oldin tadbirkorlik sub’ektlarida tekshirishlar o‘tkazishga moratoriy e’lon qilgan edik, – dedi Prezident Shavkat Mirziyoyev. – Buning natijasida o‘tgan davrda tadbirkorlar soni 2 barobar ko‘payib, 400 mingtaga yetdi. Shuning uchun moratoriy muddatini yana bir yilga uzaytirishni taklif qilaman.