Markaziy bank moliya bozorida raqobatni oshirish maqsadida 1 fevralga qadar bank bo‘lmagan kredit tashkilotlari to‘g‘risidagi qonun loyihasini kiritadi. Islom moliyaviy xizmatlarni joriy etish uchun Islom taraqqiyot banki va xalqaro moliya tashkilotlari ekspertlari jalb qilinadi. Milliy valyutadagi xalqaro obligatsiyalar ulushi hozirgi 25 foizdan kamida 40 foizgacha oshiriladi.
O‘zbekistonning davlat tashqi qarzi Jahon banki va Xalqaro valyuta jamg‘armasi mezonlariga ko‘ra, xavfsiz hisoblanadi. 1 milliard so‘mgacha davlat xaridlari doirasida avans hozirgi 30 foizgacha oshirilib, tadbirkorlar uchun qo‘shimcha 1,5 trillion so‘mgacha aylanma mablag‘lar yaratiladi.
Oilaviy tadbirkorlik dasturlari doirasida kelgusi yilda 6 trillion so‘m imtiyozli kreditlar ajratiladi. Qishloqlarda tadbirkorlikni rivojlantirish dasturini kengaytirish uchun 100 million dollar yo‘naltiriladi.