Mamlakatimiz siyosiy hayotidagi eng muhim voqea – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasi boshlandi.
Poytaxtimizdagi Xalqaro kongress markazida o‘tkazilayotgan ushbu nufuzli anjumanda Oliy Majlis Senati a’zolari va Qonunchilik palatasi deputatlari, davlat tashkilotlari rahbarlari, jamoatchilik vakillari ishtirok etmoqda.
2017 yildan buyon an’anaga aylangan anjumanda davlatimiz rahbari tugayotgan yildagi asosiy ko‘rsatkichlar, erishilgan natijalarga to‘xtalib o‘tdi.
Nufuzli anjuman davom etmoqda.