Bu joriy yilda mazkur yo‘nalishga sarflangan xarajatdan 2,5 barobar ko‘pdir.
Onkologiya shifoxonasida davolanayotgan bemorning dori-darmonlari uchun hozirgi paytda bir kunda 10 700 ko‘zda tutilgan bo‘lsa, kelgusi yilda mazkur miqdor 25 700 so‘mni tashkil etadi.
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – Moliya vaziri J.Qo‘chqorov O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n uchinchi yalpi majlisidagi ma’ruzasida aytib o‘tgan.
Skrining markazlarini jihozlash, dori-darmon va tibbiyot uchun zarur bo‘lgan vositalar bilan ta’minlashga 86 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltiriladi. Jumladan, barcha tuman va shahar tibbiyot birlashmalarining perenatal diagnostika kabinetlarini yuqori texnologiyali UZD-skanerlari bilan jihozlanadi. Buning uchun 200 dona UZD-skaneri xarid qilinadi.
Vazirning ta’kidlashicha, 2018-yil Davlat byudjeti parametrlarida sog‘liqni saqlash sohasiga xarajatlar joriy yildagiga nisbatan 1,3 baravar ortib, 9,6 trillion so‘mni tashkil etadi.