Kelgusi yilda O‘zbekistonda bunyod etiladigan ko‘p xonadonli uylar soni 2017-yildagiga nisbatan ikki barobar oshiriladi.
Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – Moliya vaziri J.Qo‘chqorov O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n uchinchi yalpi majlisida ma’lum qilgan.
2018-yilda mamlakat bo‘yicha jami 13 ming 900 xonadonga mo‘ljallangan 335 ta ko‘p xonadonli uylar quriladi. Uning 42 tasi harbiy xizmatchilar oilalariga beriladi.
Aholini arzon uy-joy bilan ta’minlash dasturi doirasida 336 ta qishloq massivida 26 ming 932 ta namunali uy-joylar barpo etiladi.
Vazirning ta’kidlashicha, buning hisobiga 22 mingdan ortiq uy-joyga ehtiyoji bo‘lgan oilalar, shuningdek, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining tavsiyalariga muvofiq faol yoshlar, 2736 nafar harbiy xizmatchi, 1171 nafar profilaktika inspektori hamda 974 nafar mahalliy ijro hokimiyat organlari rahbari uy-joy bilan ta’minlanadi.