Davlat statistika qoʻmitasining axborot xizmati uy xoʻjaliklari tanlama kuzatuvlari maʼlumotlariga asoslanib, joriy yilning yanvar-sentyabr holatiga 100 ta uy xoʻjaligiga toʻgʻri keladigan televizorlar soni 161 ta ekanini qayd etmoqda.
Bu koʻrsatkichni oʻtgan yillar bilan taqqoslaydigan boʻlsak, televizorlar soni yildan yilga ortib borayotganiga guvoh boʻlish mumkin. Misol uchun, 2010-yilda 132 ta, 2015-yilda 152 tani tashkil etgan.
Qayd etish kerakki, mamlakatimizda 2019-yilda qiymati 946,3 milliard soʻmlik 951 ming dona televizor ishlab chiqarilgan.
OʻzA