Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning taklifiga binoan 4-noyabr kuni Shanxay shahrida boʻlib oʻtadigan Import mahsulotlari uchinchi Xitoy xalqaro koʻrgazmasining ochilish marosimi ishtirokchilariga videoaloqa orqali tabrik soʻzi yoʻllaydi.

Davlatimiz rahbari oʻzaro manfaatli savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishning eng muhim jihatlari hamda koronavirus pandemiyasi keltirib chiqargan inqirozli holatlarni birgalikda yengib oʻtish choralariga toʻxtaladi.
Tadbirda qator xorijiy mamlakatlar davlat va hukumat rahbarlari ham tabrik soʻzi bilan chiqishi kutilmoqda.

 

O’zA