“AQSHda matbuot erkinligi yoʻq va anchadan buyon boʻlmagan ham”, deb taʼkidladi prezident Donald Tramp Shimoliy Karolinadagi tarafdorlari bilan uchrashuvi chogʻida.
Twitter orqali ommalashtirilgan chiqishi davomida Tramp mamlakatda axborot manbalarining befarq turish holati mavjud boʻlib, bu orqali korrupsiyaviy faoliyatlar pinhon tutililishini qayd etdi.
Eslatib oʻtamiz, bugun, 3-noyabrda AQSH prezidentligiga saylovlar boʻlib oʻtadi, unda demokratlardan Jo Bayden va amaldagi prezident, respublikachi Donald Tramp Oq uy rahbarligi uchun kurash olib boradi.

 

O’zA