Bugun, 2-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov Qozogʻiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari Roman Sklyar boshchiligidagi ushbu mamlakat hukumati delegatsiyasi vakillarini qabul qildi.
Uchrashuvda Oliy va yuqori darajada erishilgan kelishuvlarning joriy holati va istiqboli muhokama qilindi.
Uchrashuvda Oliy va yuqori darajada erishilgan kelishuvlarning joriy holati va istiqboli muhokama qilindi.
Oʻzbekiston-Qozogʻiston munosabatlarining dolzarb masalalari koʻrib chiqildi.
Yaxshi qoʻshnichilik, strategik sheriklik va koʻp qirrali hamkorlikni yana-da mustahkamlash, savdo-iqtisodiy, tibbiyot, taʼlim, transport va logistika sohalari boʻyicha yangi istiqbolli loyihalarni birgalikda amalga oshirish yuzasidan oʻzaro fikr almashildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining
Matbuot xizmati
OʻzA