Kanadaning Ontario viloyatida bir kechada ikkita cherkov yonib kul boʻldi. Mahalliy hokimiyatning taʼkidlashicha, kutilmagan yongʻin “shubha uygʻotmoqda”. Mamlakatning CBC telekanali politsiya maʼlumotiga tayanib shu haqda xabar tarqatdi.
Xabarda taʼkidlanishicha, yongʻin bir –biridan unchalik uzoq boʻlmagan ikkita cherkovda bir vaqtning oʻzida kelib chiqqan.
Oʻt oʻchiruvchilar yetib kelganda cherkov binosi toʻliq alanga ichida boʻlgan.
“Biz hali ham tekshiruv ishlarining boshida turibmiz, shu bois barcha versiyani koʻrib chiqyapmiz, biroq bir-biriga yaqin ikki cherkov binosi bir vaqtda yonib ketishi juda shubhali”, – deydi mahalliy politsiya vakili Kevin Xou.
Qancha harakat qilinmasin avliyo Andrey cherkovini qutqarib qolishning imkoni boʻlmagan. Politsiya atay yongʻin keltirib chiqarilgan boʻlishi ham mumkin, demoqda.
OʻzA