Bozordagi narx-navolar oʻzgardimi? Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi

Davlat statistika qoʻmitasi tomonidan, mamlakatimiz hududlaridagi markaziy dehqon bozorlarida, 2020-yil 27-oktyabr kuni oʻtkazilgan kuzatuv natijalari boʻyicha, alohida turdagi oziq-ovqat mahsulotlarining minimal-maksimal narxlari quyidagi koʻrinishga ega boʻldi:
Suyakli mol goʻshti 45 000 soʻmdan 60 000 soʻmgacha (kg)
Kuzatuv natijasiga koʻra, 1 kg suyakli mol goʻshtining minimal narxi, Nukus shahrining “Nukus dehqon bozori”, Urganch shahrining “Urganch markaziy dehqon bozori”, Toshkent shahrining “Eski joʻva dehqon bozori”, “Farhod dehqon bozori” va “Qoʻyliq dehqon bozori”dagi arzonlashtirilgan goʻsht rastalarida qayd etilgan (45 000 soʻm).
Suyakli mol goʻshtining maksimal narxi esa, Nukus shahrining “Nukus dehqon bozori”, Andijon shahrining “Yangi bozor dehqon bozori”, Jizzax shahrining “Jizzax markaziy dehqon bozori”
va “Eski shahar dehqon bozori”, Navoiy shahrining “Saxovat” bozori, Samarqand shahrining “Siyob dehqon bozori”, “Temiryoʻl dehqon bozori” va “Damariq dehqon bozori”, Guliston shahrining “Guliston dehqon bozori”, Yangiyoʻl shahrining “Ixtisoslashgan Yangiyoʻl shahar dehqon bozori”, Urganch shahrining “Urganch markaziy dehqon bozori”, Toshkent shahrining “Eski joʻva dehqon bozori”, “Oloy dehqon bozori”, “Farhod dehqon bozori”, “Qoʻyliq dehqon bozori” va “Mirobod dehqon bozori”da kuzatildi (60 000 soʻm).
Qoʻy goʻshti 45 000 soʻmdan 75 000 soʻmgacha (kg)
Qoʻy goʻshtining minimal narxi kuzatuv natijasiga koʻra, Toshkent shahrining “Farhod dehqon bozori”da (45 000 soʻm) roʻyxatga olingan.
Maksimal narxi esa, Toshkent shahrining “Farhod dehqon bozori” va “Mirobod dehqon bozori”da (75 000 soʻm) kuzatildi.
Kartoshka 2 500 soʻmdan 6 000 soʻmgacha (kg)
K uzatuv natijalariga koʻra, Namangan shahrining “Namangan chorsu dehqon universal bozori”, Chirchiq shahrining “Chirchiq dehqon bozori”, va Toshkent shahrining “Qoʻyliq dehqon bozori”da sotuvdagi yirik boʻlmagan kartoshkaning narxi minimal narx sifatida (2 500 soʻm) qayd etilgan.
Shu bilan birga, Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori” va “Mirobod dehqon bozori” da sotuvdagi saralangan kartoshkaning narxi maksimal narx sifatida (6 000 soʻm) qayd etildi.
Piyoz 800 soʻmdan 3 500 soʻmgacha (kg)
Piyoz mahsulotining minimal narxi kuzatuv natijasiga koʻra, Toshkent shahrining “Mirobod dehqon bozori”da (800 soʻm) roʻyxatga olindi.
Maksimal narx sifatida esa Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori” va “Mirobod dehqon bozori”da sotuvda boʻlgan saralangan piyozning narxi kuzatildi (3 500 soʻm).
Sabzi 1 000 soʻmdan 5 000 soʻmgacha (kg)
Sabzi mahsulotining minimal narxi kuzatuv natijasiga koʻra, Nukus shahrining “Nukus dehqon bozori”, Buxoro shahrining “Buxoro markaziy dehqon bozori”, Termiz shahrining “Markaziy dehqon oziq-ovqat bozori”, Guliston shahrining “Guliston dehqon bozori”, Fargʻona shahrining “Fargʻona shahar markaziy dehqon bozori”da (1 000 soʻm) qayd etilgan. Shu bilan birga, Toshkent shahrining “Mirobod dehqon bozori”da sotuvdagi tozalangan va saralangan sabzining narxi maksimal narx sifatida (5 000 soʻm) qayd etildi.
Tuxum 8 000 soʻmdan 15 000 soʻmgacha (10 dona)
Kuzatuv natijasiga koʻra, Namangan shahrining “Namangan chorsu dehqon universal bozori”, Urganch shahrining “Urganch markaziy dehqon bozori”da arzonlashtirilgan tuxum rastalaridagi mayda tuxumning narxi minimal narx sifatida qayd etildi (8 000 soʻm).
Maksimal narxi esa, Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori” va “Farhod dehqon bozori”da qayd etilgan (15 000 soʻm).
Guruch 5 000 soʻmdan 19 000 soʻmgacha (kg)
Kuzatuv natijalariga koʻra, guruch mahsulotining minimal narxi Nukus shahrining “Nukus dehqon bozori”, Toshkent shahrining “Eski joʻva dehqon bozori”, “Oloy dehqon bozori”, “Farhod dehqon bozori” va “Mirobod dehqon bozori”da (“Nukus-2” navli guruch 5 000 soʻm) qayd etilgan.
Maksimal narx esa, Toshkent shahrining “Mirobod dehqon bozori”da kuzatildi (“Lazer” navli guruch 19 000 soʻm).
Oʻsimlik yogʻi 11 000 soʻmdan 17 000 soʻmgacha (litr)
Oʻsimlik yogʻi mahsulotlarining kuzatuv natijasiga koʻra minimal narxi Andijon shahrining “Yangi bozor dehqon bozori”, va “Andijon shahar markaziy dehqon bozori”, Yangiyoʻl shahrining “Ixtisoslashgan Yangiyoʻl shahar dehqon bozori”,
Toshkent shahrining “Eski joʻva dehqon bozori”, “Farhod dehqon bozori”, “Qoʻyliq dehqon bozori” va “Mirobod dehqon bozori”da (mahalliy paxta yogʻi 11 000 soʻm) kuzatildi.
Maksimal narxi esa, Yangiyoʻl shahrining “Ixtisoslashgan Yangiyoʻl shahar dehqon bozori”da va Toshkent shahrining “Mirobod dehqon bozori”da (kungaboqar yogʻi 17 000 soʻm) kuzatildi.
Shakar 5 800 soʻmdan 8 000 soʻmgacha (kg)
Shakar mahsulotining kuzatuv natijasiga koʻra minimal narxi Toshkent shahrining “Eski joʻva dehqon bozori”, “Farhod dehqon bozori”, “Qoʻyliq dehqon bozori” va “Mirobod dehqon bozori”da (5 800 soʻm) qayd etildi.
Maksimal narxi esa, Jizzax shahrining “Jizzax markaziy dehqon bozori” va “Eski shahar dehqon bozori”, Toshkent shahrining “Oloy dehqon bozori”da (8 000 soʻm) kuzatildi.

 

O’zA