Oliy Majlisi Senati Raisi T.Narbayeva Jenevaga tashrif buyurdi

Shu kunlarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi T.Narbayeva amaliy tashrif bilan Jeneva shahrida boʻlib turibdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyevning BMT Bosh Assambleyasi 75-sessiyasidagi tashabbuslarini amalga oshirish maqsadida va mamlakatimiz BMTning Inson huquqlari boʻyicha kengashi aʼzosi etib saylanganligi munosabati bilan yetakchi xalqaro tashkilotlar rahbarlari bilan muzokaralar oʻtkazish Senat Raisining tashrifi dasturidan oʻrin olgan.
Oʻzbekiston Respublikasi 
Oliy Majlisi Senatining 
Axborot xizmati

 

OʻzА