“Kegeyli” magistral kanalining Chimboy tumani markazidan oqib oʻtadigan 2,5 km qismini betonlanmoqda. Mazkur kanalning ushbu qismi toʻliq betonlashtirilganidan soʻng, kanalda suv yoʻqotilishi kamayadi, shu bilan birga hududdagi aholining ham bir necha muammosi hal boʻladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi suv xoʻjaligi vazirligi matbuot kotibining maʼlum qilishicha, kanalning vegetatsiya davrida toʻlib oqishi tuman markazidagi “Jipek joli” va “Koʻkshi qalʼa” mahalla fuqarolar yigʻinlari hududida zax suvlarning koʻtarilishiga olib kelardi.

2020-2022-yillar davomida mazkur kanalni rekonstruksiya qilish va qurilish ishlarini olib borishga jami 11 milliard 130 million soʻm ajratilishi belgilangan. Amalga oshirilayotgan ishlardan Chimboy tumani aholisi, ayniqsa, kanalga yaqin hududda yashovchi odamlar mamnun boʻlishmoqda.
E.Qanoatov, OʻzA