Oliy Majlis Senati aʼzolari saylandi

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat akademik musiqali teatrida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari tuman va shahar kengashlarining boʻshab qolgan oʻrinlarga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzolarini saylash bӱyicha qӱshma majlisi bӱlib ӱtdi.
Qoʻshma majlisni Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi ӱrinbosari M.Istamov ochdi va Saylov kodeksiga muvofiq saylovni oʻtkazish tartib-tamoyillari haqida atroflicha tushuntirish berdi.
Majlisda ishchi hayʼati, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzoligiga nomzodlar koʻrsatish boʻyicha maslahat kengashi, majlis kotibiyati, sanoq komissiyasi aʼzolari ochiq ovoz berish yoʻli bilan saylab olindi.
Qoʻshma majlisda maslahat kengashi tomonidan Senat aʼzolarini saylash boʻyicha saylov byulleteniga kiritish uchun taklif etilgan 45-“Shumanay” saylov okrugidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi deputati, Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpogʻiston kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi raisi U.Jalmenov va 63-“Qorakoʻl” saylov okrugidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi deputati, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi M.Kamalov nomzodi muhokama qilindi.
Ochiqlik, oshkoralik bilan oʻtgan muhokama davomida deputatlar nomzodlarning faoliyati, hayot tajribasi, ishchanlik, tashabbuskorlik, tashkilotchilik fazilatlari toʻgʻrisida oʻz fikr-mulohazalarini bildirdi. Ochiq ovoz berish orqali maslahat kengashi tomonidan taqdim etilgan nomzodlarni yopiq yashirin saylov byulleteniga kiritish boʻyicha qaror qabul qilindi.
Shundan soʻng Senat aʼzolarining saylovi boʻlib oʻtdi. Natijalarga kӱra 45-“Shumanay” saylov okrugidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi deputati, Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Qoraqalpogʻiston kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi kengashi raisi U.Jalmenov va 63-“Qorakoʻl” saylov okrugidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi deputati, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi M.Kamalov Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzolari etib saylandi.

 

Dovud ABIBULLAYEV, OʻzA