Oʻzbekiston va Tojikiston Prezidentlari ikki tomonlama va mintaqaviy hamkorlik masalalarini muhokama qildilar

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7-oktyabr kuni Tojikiston Respublikasi Prezidenti Emomali Rahmon bilan telefon orqali muloqot qildi.

Suhbat chogʻida ikki mamlakat hamkorligining dolzarb masalalari muhokama qilindi. Mintaqadagi vaziyat yuzasidan fikr almashildi, boʻlajak oliy darajadagi uchrashuvlar rejasi koʻrib chiqildi.Davlat rahbarlari Oʻzbekiston va Tojikiston oʻrtasidagi strategik sheriklik va koʻp qirrali munosabatlarni mustahkamlash, Markaziy Osiyoda barqarorlik va izchil taraqqiyotni taʼminlash borasida qatʼiy ekanliklarini taʼkidladilar.

 

O’zA