Shu munosabat bilan Oʻzbekiston Respublikasi hududida mamlakatimizda doimiy yoki vaqtincha yashab turgan Qirgʻiziston Respublikasi fuqarolari ovoz berishi uchun uchastka saylov komissiyasi (USK) tashkil etilgan.
Qirgʻiziston Respublikasi fuqarolari oʻz saylov uchastkalarini tizme.gov.kg. saytidan aniqlab olishlari mumkin.
Oʻzbekistondagi saylovchilar roʻyxatiga kiritilgan Qirgʻiziston Respublikasi fuqarolari Elchixonada ovoz berish huquqiga ega. Saylovlar quyidagi manzilda boʻlib oʻtadi: Toshkent shahri Mirzo-Ulugʻbek tumani Niyozbek yuli koʻchasi 6-yoʻlak 30-uy. Saylov vaqti soat 08:00 dan 20:00 gacha. Saylovchi ovoz berish uchun Qirgʻiziston Respublikasining umumfuqarolik pasporti bilan kelishi shart.
Qirgʻiziston Respublikasi fuqarolari savol tugʻilgan taqdirda +998 71 2398613, +998 90 9012982 telefon raqamlari orqali qoʻngʻiroq qilib, elchixona xodimiga murojaat etishlari mumkin.