Oʻzbekiston va Hindiston harbiy-texnik hamkorligi rivojlanmoqda

Oʻzbekiston va Hindiston oʻrtasida harbiy-texnik hamkorlik aloqalarini rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar doirasida mamlakatimizning Dehlidagi elchixonasi tomonidan Hindiston mudofaa vazirining harbiy sanoat masalalari boʻyicha oʻrinbosari Raj Kumar bilan uchrashuv oʻtkazildi.

R.Kumar Hindiston Oʻzbekiston bilan barcha sohalardagi aloqalarni rivojlantirishdan manfaatdor ekanini taʼkidlab, ikki davlat oʻrtasidagi harbiy va harbiy-texnik hamkorlik doʻstona aloqalarning muhim tarkibiy qismi ekanini qayd etdi.

Tomonlar harbiy-texnik hamkorlik sohasida oʻzaro munosabatlarni yana-da chuqurlashtirish maqsadida mavjud barcha imkoniyatlardan foydalanish zarurligini taʼkidladi.

Uchrashuvda mamlakatlar oʻrtasidagi harbiy-texnik hamkorlik koʻlamini yana-da kengaytirish istiqbollari haqida fikr almashildi.

 

OʻzA