OITSga chalingan bemorda “COVID-19” ogʻir kechadi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida tashkil qilingan Koronavirusga qarshi kurash shtabi aʼzosi Nargiza Nurullayeva ishtirokidagi brifingda taʼkidlanishicha, homila rivojlanishidagi oʻzgarishlar grippga qarshi emlash bilan bogʻliq emas, aksincha bu gripp kasalligi bilan bogʻliq boʻladi.

Grippga qarshi emlash homiladorlikni rejalashtirish jarayonida, bundan tashqari, xomiladorlikning maʼlum muddatlarida amalga oshirilishi mumkin. Ushbu muddatni shifokor akusher-ginekolog belgilaydi.

Koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemor nafas chiqarganda mayda zarralar atrofga tarqaladi. Bu holat har safar bemor aksa urganda, yoʻtalganda va hatto gapirganda yuz beradi.Zarrachalar qoʻshiq kuylaganda va oddiy nafas olganda ham tarqaladi. Bu zarralar yirik boʻlib, ular maʼlum bir masofaga tarqala olmaydi va tez pastga qulaydi.

Sogʻlom kishilar ushbu zarralar mavjud boʻlgan havodan nafas olganida kasallanishi mumkin. Virus inson organizmiga shilliq qavatlar – ogʻiz, burun yoki koʻz orqali tushadi. Virusning yashovchanligi tashqi yuzalar turi va atrof- muhit sharoitiga bogʻliq ravishda maʼlum muddat saqlanib qoladi.

Shuningdek, brifingda mutaxasis tomonidan OIV infeksiyasi mavjud boʻlgan va kasallik rivojlanganlarda, shuningdek, past darajada CD4 mavjud boʻlgan va virus yuklamasi yuqori boʻlganlarda, bundan tashqari, antiretrovirus davo olmaydigan bemorlar kasalliklarning asoratlari va infeksiya yuqish yuqori xavf guruhiga kirishi haqida ham maʼlumot berildi.

OIV mavjud boʻlgan baʼzi bemorlarda “COVID-19” asoratlarining maʼlum xavf omillari, yaʼni qandli diabet, gipertoniya va boshqa infeksion kasalliklar kuzatilishi mumkin. Shunga koʻra, OITS bilan ogʻriganlarda “COVID-19” ogʻir kechadi.

 

M.Toshqorayeva, OʻzA