Qaysi sohalarda koʻproq ayollar faoliyat yuritadi?

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2019-yilda korxona va tashkilotlarda ishlovchilarning 42,1 foiz ayollar va 57,9 foizni erkaklar tashkil etgan.

Sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish sohasida eng koʻp ayollar (76,8 foiz) faoliyat yuritgan.2019-yilda tashish va saqlashda 92,8 foiz va qurilish sohasida 93,8 foiz erkaklar ishlagan.

2020-yil 1-yanvar holatiga koʻra, eng koʻp ishsizlar soniga ega boʻlgan hududlar:

Fargʻona – 152,2 ming kishi;

Samarqand – 148,4 ming kishi;

Andijon – 129,4 ming kishi;

Qashqadaryo – 125,3 ming kishi;

Toshkent – 120,6 ming kishi;

Namangan – 110,1 ming kishi.

 

OʻzA