Rossiya tashqi ishlar vaziri bilan telefon orqali muloqot toʻgʻrisida

Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan telefon orqali muloqot qildi.
Tomonlar Oʻzbekistonning MDHdagi raisligi va Rossiyaning SHHTdagi raisligi doirasida oʻtkazilishi koʻzda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish boʻyicha fikr almashdilar.
Turli darajadagi boʻlajak ikki tomonlama tadbirlar, jumladan hukumat rahbarlari darajasidagi Oʻzbekiston – Rossiya qoʻshma komissiyasi va Iqtisodiy hamkorlik boʻyicha hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yigʻilishi jadvali va boshqa tashkiliy masalalar koʻrib chiqildi.

 

OʻzA