OTMda oʻqish qachon boshlanadi?

AOKAda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi matbuot kotibi Farhod Boboshev yangi oʻquv yilining boshlanishiga oid maʼlumotlarni taqdim etdi.
– Bugundan barcha oliy taʼlim muassasalari 2-4 kurs talabalari uchun oʻqish masofaviy boshlandi, – dedi F.Boboshev. – Shuningdek, 2-sentyabrdan mamlakat oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga qabul qilish uchun test sinovlari hamda ijodiy imtihonlarga ham start berildi. Birinchi kursga qabul qilingan talabalar uchun oʻqish 2-oktyabrdan boshlanishi rejalashtirilgan.

 

OʻzA