Nukus tumanida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari shu kunlarda yana-da keng tus olgan.
Xususan, “Toʻktov” mahalla fuqarolar yigʻini hududida yangi maktabgacha taʼlim tashkiloti bunyod etilmoqda. Binoning qurilish ishlariga “Maxelitstroy” masʼuliyati cheklangan jamiyatining quruvchilari jalb etilgan. Muassasaning umumiy loyiha qiymati 3 milliard 37 million soʻmdan iborat boʻlib, hozirda bunyodkorlar obyektda gʻisht terish, temir beton va suvoq ishlarini bajarmoqda.
120 oʻringa moʻljallab, zamonaviy arxitektura uslubida bunyod etilayotgan bogʻchada guruh xonalari, sport zali, attraksion va oʻyin maydonchalari tashkil etiladi.
Muassasa joriy yilning noyabr oyida foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.
Maqsad HABIBULLAYEV (surat), OʻzA