Koronavirusga qarshi vaksina qachon Oʻzbekistonga olib kelinadi?

Koronavirusga qarshi kurash shtabi aʼzosi Barno Rajabovaning maʼlum qilishicha, hozirgi kunda davlatimiz rahbarining topshirigʻiga binoan vaksinani xarid qilish va mamlakatimiz aholisida qoʻllash yoʻllarini oʻrganib chiqish maqsadida yetakchi olimlar va shifokorlardan iborat ishchi guruh tuzilgan.
Ammo koronavirusga qarshi vaksinaning klinik sinovlari barcha bosqichlari yakunlanmaguncha mamlakatimiz uni sotib ololmaydi.
Vaksina sinovlarning barcha bosqichlari oʻtgandan keyingina xalqaro sertifikatlashtiriladi.
Hozirgi kunda Xitoy hamda Rossiyaning epedemiologiya va mikrobiologiya milliy ilmiy markazlarining koronavirusga qarshi ishlab chiqarilgan vaksinalari har taraflama oʻrganib chiqilmoqda.
Ishchi guruh xulosalari asosida vaksinani olib kelish, ishlatish talablari va muddati belgilanadi.

 

M.Toshqorayeva, OʻzA