Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST)ning maʼlum qilishicha, dunyo boʻyicha koronavirusga chalinganlar soni oʻtgan bir kunda 247 ming kishiga koʻpaygan va jami 15 million kishidan oshgan.
Tashkilotning soʻnggi maʼlumotiga koʻra, oʻtgan 24 soat mobaynida dunyo boʻyicha koronavirus bilan bogʻliq 247 ming 225 ta holat qayd etilgan, 7 ming 97 bemor vafot etgan. Hozirda sayyoramiz aholisining 15 million 12 ming 731 nafari infeksiya yuqtirgan. Pandemiyadan vafot etganlar soni 650 ming 150 kishini tashkil etmoqda.
Koronavirusga chalinganlar eng koʻp Shimoliy va Janubiy Amerikada qayd etilmoqda (7 million 948 ming 513 kishi), undan keyin Yevropa ( 3 million 147 ming 860 kishi) bormoqda.
OʻzA