Bugun tugʻilgan kun

24-iyul

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyeva 1956-yil 24-iyulda Andijon viloyatida tugʻilgan.

Tanzila Norboyeva 1981-yil Toshkent Davlat universitetini (hozirgi Oʻzbekiston Milliy universiteti) tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 1974-yil Shahrixon tumanidagi maktabda oʻqituvchilik bilan boshlagan. 1975-1995-yillar davomida taʼlim muassasalari, tashkilotlarda turli lavozimlarda va Xalq demokratik partiyasida faoliyat olib borgan.

Tanzila Norboyeva 1995-2010-yillar davomida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasida turli lavozimlarda mehnat qilgan. 2010-2016-yillarda Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi raisi boʻlgan.

Tanzila Norboyeva 2019-yil Oliy Majlis Senatining yigirmanchi yalpi majlisida Senat Raisi lavozimiga saylangunga qadar (2016-2019-yillar) Oʻzbekiston Respublikasi Xotin-qizlar qoʻmitasi raisi lavozimida ishlagan.

Tanzila Norboyeva “Shuhrat” medali, “Mehnat shuhrati”, “Fidokorona xizmatlari uchun” ordenlari bilan mukofotlangan.

***

PS: Saytimizda tashkil etilgan “Bugun tugʻilgan kun” loyihasida turli sohalarda mamlakatimiz ravnaqiga oʻz hissasini qoʻshayotgan insonlar, davlat va jamoat arboblari, akademiklar, el sevgan ijodkorlar hamda kasbi, tanlagan yoʻlida yuqori natijalarga erishayotgan vatandoshlarimizning tugʻilgan kunlari esga olinadi.

Mazkur ruknga oid fikr-mulohazalaringiz, taklif yoki qoʻshimchalaringiz boʻlsa, quyidagi manzillarga murojaat qilishingiz mumkin.

Telegram: @UzA_pochta, @Ikrom_Avvalboyev

E-mail: pochta@uza.uz, uzauz@yandex.ru

Telefon: (71) 233-42-84, (71) 233-21-37

Saytimizni kuzatib boring!

 

O’zA