Uzrli sabab bilan testda ishtirok etmagan abituriyentlarning toʻlovi qaytariladi

2020-yil 22-iyul kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi binosida “2020-2021-oʻquv yili uchun oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga abituriyentlarni onlayn roʻyxatga olish yakunlari: raqamli maʼlumotlar” mavzusida matbuot anjumani oʻtkazilgan edi.
Unda test sinovi uchun toʻlovni qaytarib berish masalasi boʻyicha savolga berilgan javob ijtimoiy tarmoqlarda notoʻgʻri talqin qilinmoqda.
DTM maʼlum qilinishicha, test sinovi uchun toʻlovni amalga oshirgan abituriyentlarning toʻlovi har qanday holatda ham qaytarilmaydi degan tushuncha butunlay xato.
Misol uchun, dastlab test sinovlari oʻtkaziladigan taʼlim yoʻnalishiga roʻyxatdan oʻtgan va toʻlovni amalga oshirgan, keyinchalik esa tanlagan taʼlim yoʻnalishini toʻliq ijodiy imtihon boʻladigan yoʻnalishga oʻzgartirgan abituriyentlarning yoki shu kabi toʻlovni notoʻgʻri amalga oshirgan abituriyentlarning toʻlovlari hozirgi kunda Davlat test markazi tomonidan abituriyentlarga qaytarilmoqda.
Shunigdek, test sinovlaridan soʻng, uzrli sabablarga koʻra test sinovlarida ishtirok eta olmagan abituriyentlarning toʻlovlari qaytarilishi maʼlum qilindi.

 

OʻzA