Oltin va kumush esdalik tangalarining yangi narxlari belgilandi

Oʻzbekiston Markaziy banki esdalik tangalarning joriy yil 23-iyuldan amalda boʻladigan narxlarini belgiladi.
Unga koʻra:
1 ta oltin tanga narxi — 19 400 000 soʻm etib belgilandi.
1 ta kumush tanga narxi esa — 454 000 soʻmni tashkil etgan etmoqda.
Maʼlumot uchun: esdalik tangalarni sotish narxi Markaziy bank tomonidan har haftada kamida bir marta milliy valyutada belgilanadi.
Esdalik tangalarini tijorat banklarining ayrim filiallarida naqd va naqd pulsiz hisob-kitoblar asosida sotib olish mumkin.

 

OʻzA