Koronavirusga chalinganlarga koʻngilli ravishda qaraydigan volontyorlarga butun respublika boʻyicha bir xil haq toʻlanadimi yoki poytaxtda boshqa joylardan koʻra koʻproq toʻlab boriladimi? Ushbu savolga Sanitariya – epidemiologiya nazorati Davlat inspeksiyasi rahbari Nurmat Otabekov javob berdi.
“Koronavirusga chalinganlarga koʻngilli ravishda yordam beradigan volontyorlarga butun Respublika boʻyicha bir xil haq toʻlanishi belgilangan”, deydi Otabekov.
OʻzA