Toshkent shahri va poytaxt viloyatidagi epidemiologik vaziyat muhokama qilinmoqda

Ayni paytda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida videoselektor yigʻilishi oʻtmoqda. Kun tartibida – Toshkent shahri va poytaxt viloyatidagi keskin sanitar-epidemiologik vaziyat.

Yigʻilishga sabab – keyingi paytda ushbu hududlarda kuzatilayotgan koronavirus infeksiyasining yangi toʻlqini va oʻlim holatlarining koʻpayishi, shuningdek, aholi tomonidan tibbiy xizmatlar tezkorligi va sifati hamda dorixonalarda tibbiyot mahsulotlari narxining asossiz oshayotgani boʻyicha koʻplab murojaat va shikoyatlar tushayotgani.

 

O’zA