Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Abdurayim Abduvahobov olamdan oʻtdi

“Shum bola” va “Suyunchi” filmlaridagi unutilmas rollari bilan xalq orasida mashhur boʻlgan kino va teatr aktyori, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist, “Doʻstlik” ordeni sohibi Abdurayim Abduvahobov bugun, 57 yoshida olamdan oʻtdi.
Oʻzbek Milliy akademik drama teatrining aktyori Abdurayim Abduvahobov 1963-yil 8-avgustda Toshkent shahrida tugʻilgan.
Abdurayim Abduvahobov ijodiy faoliyati davomida “Shum bola”, “Suyunchi”, “Muhabbat sinovlari”, “Nazira”, “Shaytanat” teleseriali hamda Oʻzbek Milliy Akademik drama teatrida sahnalashtirilgan qator spektakllarda rol ijro etgan.

 

OʻzA