Qozogʻistonda koronavirusga chalingan vazir vazifasidan ozod etildi

Qozogʻiston Prezidenti Qosim-Jomart Toqayevning farmoni bilan Yeljon Birtanov mamlakat sogʻliqni saqlash vaziri lavozimidan boʻshatildi. Uning oʻrniga avval mamlakat sogʻliqni saqlash vaziri vazifasini bajarib turgan Aleksey Soy tayinlandi, deb xabar qiladi “Sputnik”.
Bundan avvalroq Birtanov koronavirusga chalingan edi, u hozir kasalxonada yotibdi. Sobiq vazirning ahvoli oʻrta ogʻir, deb baholanmoqda.
Birtanov Facebookdagi sahifasida kasallik davrida oʻz vazifasini toʻliq bajara olmayotganini maʼlum qilgan edi. Sobiq vazirning qoʻshimcha qilishicha, ayni paytda sohaga toʻlaqonli rahbar kerak.

 

OʻzA