Qabul – 2020: Qancha abituriyent hujjat topshirdi?

23-iyun holatiga koʻra, OTMda oʻqish uchun 102 ming 115 abituriyent roʻyxatdan oʻtgan, shundan, 58 ming 684 nafarini joriy yil bitiruvchilari tashkil etadi.
Kunduzgi taʼlim shakliga 69 ming 670, sirtqi taʼlim shakliga 30 ming 891, kechki taʼlim shakliga 1 ming 554 abituriyent hujjat topshirgan.
Eng koʻp tanlanayotgan OTMlar ham maʼlum qilindi. Unga koʻra, Andijon davlat universiteti 6 ming 990, Samarqand davlat universiteti 5 ming 955, Toshkent davlat pedagogika universiteti 4 ming 403, Namangan davlat universiteti 4 ming 331, Termiz davlat universiteti 4 ming 137 abituriyent bilan yetakchiliq qilmoqda.

 

OʻzA