Prezident Moskvaga joʻnab ketdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan amaliy tashrif bilan Moskvaga joʻnab ketdi.

Bugun kunning ikkinchi yarmida oliy darajada ikki tomonlama muzokaralar oʻtkazilishi rejalashtirilgan, Oʻzbekiston-Rossiya strategik sheriklik va koʻp qirrali hamkorlik munosabatlarining dolzarb masalalari koʻrib chiqiladi.

Ertaga, 24-iyun kuni davlatimiz rahbari fashizm ustidan qozonilgan Buyuk Gʻalabaning 75 yilligiga bagʻishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etadi.

 

O’zA