Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti amaliy tashrif bilan Rossiya Federatsiyasida boʻladi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yil 23-24-iyun kunlari Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning taklifiga binoan amaliy tashrif bilan Moskva shahrida boʻladi.
Tashrifning birinchi kuni dasturiga muvofiq, oliy darajada ikki tomonlama muzokaralar oʻtkazish rejalashtirilgan. Koʻp qirrali Oʻzbekiston-Rossiya hamkorligining dolzarb masalalari koʻrib chiqiladi.
24-iyun kuni davlatimiz rahbari fashizm ustidan qozonilgan Buyuk Gʻalabaning 75 yilligi munosabati bilan tantanali tadbirlarda ishtirok etadi.

 

OʻzА